Yaqin vaqtga qadar dunyodagi eng kamyob baliq Thymichthys politus’ning faqat bitta populyatsiyasi qolgan deb hisoblab kelinar edi. Olimlar ular soni 20—40 ga yaqin ekanligini ma’lum qiladi. Biroq bir necha kun avval Antarktida va dengizni tadqiq etish instituti dayverlar guruhi va Reef Life Survey loyihasi Tasmaniya sohillarida (Avstraliya) Thymichthys politus noyob turining ikkinchi populyatsiyasini aniqladi, deb yozadi National Geographic.
Yetti nafar drayver ikki kun davomida hududni tadqiq etdi.
Thymichthys politus uncha katta bo‘lmagan — 50X20 metrga yaqin hududda yashaydi. Ularning aniq qayerdan topilganligi ma’lum qilinmadi.
Bu baliq turi nafaqat kamyob, balki g‘ayrioddiy ham hisoblanadi: ular suzishni bilmaydi, buning o‘rniga panjaga o‘xshash suzgichlari yordamida yayov harakatlanadi.
Izoh (0)