AQShning Kentukki shtatida Marshall County Daily Online nashri muxbiri mahalliy maktabdagi otishma haqida xabar topishi bilan voqea joyiga yo‘l oldi. Biroq o‘quv muassasiga yetib kelgan ayol taxminiy “mergan” uning o‘g‘li ekanligini aniqladi. Bu haqda Courier Journal’ga tayanib, ForumDaily xabar bermoqda.
Bu hodisani yozish uchun ayolning o‘rniga nashrning boshqa jurnalisti kelgan.
15 yoshli Minard Geyb Parker maktabga to‘pponcha bilan kelib, mashg‘ulotlar boshlanishidan avval sinfdoshlariga qarata o‘q uza boshlagan. Oqibatda ikki kishini o‘ldirib, 14 kishiga jarohat yetkazgan.
Parkerning do‘stlari va tanishlari uni tortinchoq sariq sochli yigit sifatida tasvirlaydi. Politsiya jinoyat maqsadini oshkor etmadi. Maktabda Parker bullingdan (ezish, bosim) aziyat chekkanligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Izoh (0)