Yangi Zelandiya harbiy-havo kuchlari Tinch okeanida Kiribati Respublikasi akvatoriyasida g‘oyib bo‘lgan paromning yetti yo‘lovchisi ketayotgan qayiqni aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aviatsiya besh metrlik qayiqni Nauru shahridan 300 kilometr janubi-sharqda suv hududida topdi. Qayiqdagi odamlarga suv va oziq-ovqat yetkazildi, birozdan so‘ng ularni baliqchilik kemasi qabul qilib oldi.
Bortida 50 kishi bo‘lgan parom Nonouti portidan 18-dekabr kuni chiqqandi. U ikki kundan so‘ng Kiribati poytaxti Janubiy Taravaga kelishi lozim edi, ammo u beradarak g‘oyib bo‘lgan.
Qolgan yo‘lovchilarning taqdiri noma’lum.
Izoh (0)