Qozog‘istonning Sayram shahridagi masjid mullasi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odamning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Voqea 26-yanvar kuni ro‘y berdi. Mulla Tursunxo‘ja Xonxo‘jayevning so‘zlariga qaraganda, u masjid tashrifchilaridan biri bino chetida qo‘li va bo‘yni qon ahvolda topgan. U erkakni uyiga jo‘natib yubormoqchi bo‘lgan, ammo erkak gaz qozoni shlangini kesib, o‘ziga o‘t qo‘yvorgan. Mulla olovni o‘chirgan, tez yordam, o‘t o‘chirish xizmati va politsiyani chaqirgan.
Tanasi kuygan erkak Chimkent birinchi shahar shifoxonasiga olib kelindi. Keyinroq u Giperbarik oksigenatsiya markazi kuyish bo‘limiga o‘tkazildi. Uning ahvoli qanaqa ekanligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)