Venture Beat portali Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlari old qismi suratlarini chop etdi, deb yozadi “Kommersant”.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S9 5,8 dyyum ekran, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira; S9+ esa 6,2 dyyum displey, 6 Gb tezkor va 128 Gb ichki xotira bilan jihozlanadi.
Shuningdek, Venture Beat Galaxy S9 va S9+ smartfonlarida barmoq izi skaneri avvalgi modeldagi kabi kamera yonida emas ostida joylashishini ta’kidlaydi.
Izoh (0)