Braziliyalik 44 yoshli Marsio Mitsael Matolitas yaqinda noodatiy yubileyni nishonladi. U 22 yildan buyon Rio-de-Janeyro Barra-da-Tijuka plyajidagi qum qal’ada yashaydi. Mahalliy aholi uni Qirol Marsio deb ataydi. Bundan tashqari uning taxti, toji va asosi bor, deb yozmoqda TravelAsk.
Matolitas avval Rio ko‘chalarida yashagan, biroq keyinchalik qumdan inshootlar qurishga qiziqib qolgan va o‘z xobbisi hisobida yashagan. Uning xizmatkorlari yo‘q, qal’adagi barcha ishlarni o‘zi qiladi.
U qal’a ishlaridan bo‘sh vaqtida golf o‘ynaydi, baliq ovlaydi va ko‘p kitob o‘qiydi.
Izoh (0)