Braziliyaning Fortaleza shahrida Forró do Gago tunggi klubiga hujum uyushtirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
27-yanvarga o‘tar kechasi klub oldida uchta mashina kelib to‘xtadi. Ulardan chiqqan qurolli odamlar muassasani o‘qqa tutdi.
Hujum oqibatida 14 kishi — sakkiz ayol va olti erkak halok bo‘ldi. Yana yetti kishi jarohatlangani, ular orasida 12 yoshli bola borligi aytilmoqda.
Hujumga aloqadorlikda gumondor bir kishi ushlandi. Hujum mahalliy jinoiy to‘dalar o‘rtasidagi kurashga aloqadorligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)