• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Uzbek Tigers. WSB uchun tarkib aniq. Bu yil Shahram G‘iyosov va Murod Ahmadaliyev yo‘q. Hasanboy Do‘stmatov esa safda

    10-fevral kuni WSB musobaqasidagi uchinchi ishtirokini boshlaydigan Uzbek Tigers boks jamoasi yangi mavsum uchun tarkibini e’lon qildi.

    Foto: Uzbek Tigers

    Foto: Uzbek Tigers

    Avlodlar almashinuvi

    Professional ringga qadam qo‘ygan Shahram G‘iyosov, Murod Ahmadaliyev kabi sportchilar endi jamoaga yordam bera olmaydi. Rio—2016 Olimpiadasidan keyin Fazliddin G‘oibnazarov hamda Rustam To‘laganov ham prof ringga o‘tib ketgandi.

    Bu aslida yaxshi jarayon. O‘zbekistondan istedodli bokschilar ketma-ket yetishib chiqyapti. Demak, katta arenalarga kuzatilgan bokschilar uchun o‘rinbosarlar bor. WSB musobaqasining bu yilgisida Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov kabi xalqaro maydonda ancha toblangan sportchilar yoniga, umidli charm qo‘lqop ustalari ham qo‘shildi. Ajab emas, kelasi mavsumdan e’tiboran yuqorida nomlari ko‘rsatilgan sportchilar ham faoliyatini Yevropa yoki Amerikada davom ettirsa. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning har biri uchun yaxshi takliflar bor.

    Vaznlar tasnifi

    WSB musobaqasida klublar 10 ta vazn toifasida raqobatga kirishadi. Janglar uy-safar tizimida o‘tadi. Aytaylik, Uzbek Tigers’ning ilk raqibi turnir yetakchilaridan biri bo‘lgan Cuba Domadores bo‘ladi. Bunda bokschilar С1 va С2 kabi guruhlarga ajratib olinadi. Har bir guruh o‘z ichiga 5 tadan vazn toifasini oladi. Kubada С2 ro‘yxatidagi sportchilar o‘zaro ringga chiqsa, Toshkentdagi javob janglari С1 vakillari o‘rtasida bo‘ladi.

    Bu safarga bir emas, 10 nafar bokschini yetaklab yurmaslik uchun imkon beradi. Uy va safardagi 5 tadan — jami 10 ta jangda har bir vazn toifasida raqobatlashishning imkoni bor. Aytaylik, boks klublari uzoq safarlarga katta delegatsiya bilan borishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Ikki guruhga ajratish bu kabi holatlarda yengillik yaratadi.

    С1 o‘z ichiga -49, -56, -64, -75 va -91 kilogramm vazn toifalarini olsa, С2 guruhiga -52, -60, -69, -81 va +91 kilogrammli sportchilar kiradi. O‘z-o‘zidan aniq bo‘ladiki, Hasanboy Do‘stmatov va С1 guruhining qolgan sportchilari Kubaga bormaydi. Ular raqibni Toshkentda kutib oladi. Bahodir Jalolov va С2 vakilarigina Kubada jang qiladi.

    Tarkib

    O‘z-o‘zidan har bir vazn toifasining asosiy sportchilari bor. Ular jarohat olgudek bo‘lsa, o‘rnida zaxira sportchilari ishtirok etadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev hamda Jasur Latipovda jarohat bor. Shundan kelib chiqib, ular Kubaga bora olmaydi va Uzbek Tigers zaxira bokschilardan foydalanadi. Quyida С1 va С2 a’zolari bilan tanishib olish mumkin.

    С1

    -49 kg: Hasanboy Do‘stmatov (Mironshoh Ibragimov)

    -56 kg: Shahobiddin Zoirov (Abdulhay Shorahmatov)

    -64 kg: Iqbol Xoldorov (Aliyor Noraliyev)

    -75 kg: Isroil Madrimov (Odil Aslanov)

    -91 kg: Sanjar Tursunov (Sardor Yormuhamedov)

    С2

    • -52 kg: Jasur Latipov (Xudoynazar Fayzov)
    • -60 kg: Shunqor Abdurasulov (Shukur Rahimov)
    • -69 kg: Mahmud G‘oipov (Fazliddin Meliboyev (Bobo Usmon Baturov))
    • -81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev (Madiyor Saidrahimov (Zuxriddin Mahkamov))
    • +91 kg: Bahodir Jalolov (Laziz Mullajonov)

    Foto: Uzbek Tigers

    Foto: Uzbek Tigers

    Personal

    • Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
    • Katta murabbiy: Rahmatjon Ro‘ziohunov
    • Murabbiylar: Ravshan Xo‘jayev, Rustam Saidov, Ziyatdin Toyganbayev
    • Shifokorlar: Dilshod Kazakov va Komil Rasulov
    • Jamoa rahbari: Bobur Akbarov

    Uzbek Tigers WSB’dagi ketma-ket ikki yilida ham Kubadan yengilgan. Bu mavsum jamoalar guruh bosqichidayoq o‘zaro to‘qnash keladi. Kolumbiya va Venesuela jamoalari ham bor bo‘lgan guruhni dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar muvaffaqiyatli yakunlaydi va chorak finalga yo‘l oladi.

    26.01.2018, 16:43   Izoh (0)   30030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti etib saylandi

    25.01.2018, 11:43

    O‘FF o‘rniga O‘FA: Futbol federatsiyasi futbol assotsiatsiyasi deb qayta nomlanadi

    25.01.2018, 11:38

    Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekiston U23 futbol termasi Osiyo chempionati finaliga chiqqani bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

    24.01.2018, 21:36

    MOQ rahbari o‘zgardi: Alisher Sultonov o‘rniga Umid Ahmadjonov

    16.01.2018, 20:46

    O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariga aylanishi kutilmoqda

    16.01.2018, 19:55

    Sochi tog‘larida snoubordchi halok bo‘ldi

    18.12.2017, 23:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.