• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy kon-metallurgiya kombinati istiqbolli loyihalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2026-yilgacha quriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakat iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan yirik muassasadir. Prezident tomonidan kombinatning salohiyatini yanada oshirish, korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, 2026-yilgacha qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan 27 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

    Mazkur 27 ta loyihani amalga oshirish natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshadi, 30 mingdan ortiq qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.

    Bunday ko‘p va yirik korxonalarni qurish hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun qo‘shimcha energiya resurslariga ehtiyoj tug‘iladi. Xususan, 2026-yilga borib Navoiy kon-metallurgiya kombinatining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 303 megavattga oshib, 703 megavattga yetadi.

    Yig‘ilishda kombinatdagi yangi quvvatlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.

    9-yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi obyektlari, jumladan, 2 ta yirik gidrometallurgiya zavodini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida alohida dastur qabul qilindi. Unga muvofiq, qiymati 1 milliard 900 million dollarlik 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

    Jumladan, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 2019-yilda umumiy quvvati 510 megavatt bo‘lgan 2 ta yangi energoblok qurilib, jami quvvati 1 ming 10 megavattga yetkaziladi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 2019-yil va 2023-yilda quvvati 450 megavattdan bo‘lgan 2 ta bug‘-gaz qurilmasi qurilib, stansiyaning jami quvvati 2 ming 258 megavattga yetkaziladi. Bundan tashqari, 10 ta nimstansiya va 1 ming kilometrdan ziyod tashqi elektr tarmoqlari quriladi.

    Prezident mazkur ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, bu boradagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

    Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularda loyiha hujjatlarini tayyorlashdan tortib, obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan har bir jarayonning aniq muddatlari belgilash zarurligi qayd etildi.

    Energetika sohasini 2018–2028-yillarda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, bunda qayta tiklanadigan, muqobil energiya manbalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.

    Loyihaoldi hujjatlari va import shartnomalarini tez va sifatli ekspertizadan o‘tkazish, jarayonga chuqur bilimga ega mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bug‘-gaz qurilmalarini barpo etishni videokuzatuv orqali nazorat qilish, qurilish, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish jarayonlari xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

    “O‘zbekenergo” kompaniyasiga qurilish ishlariga tarmoq korxonalarini kengroq jalb qilish hamda mahalliy mahsulotlardan foydalanish, buning uchun tizimdagi pudrat tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash topshirildi.

    Mazkur kompaniyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida moliyalashtirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

    Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

    26.01.2018, 18:19   Izoh (0)   20170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muhojirlar hayoti. Novosibirskdagi shahrixonlik yigit: “Avvaliga uylanish uchun Rossiyada ishladim. Endi oilamni boqish uchun Rossiyadaman” (video)

    26.01.2018, 17:49

    Toshkentda “Tramadol” va “Lirika” oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi

    26.01.2018, 17:06

    Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi sobiq rahbarlari nega javobgarlikka tortildi?

    26.01.2018, 16:55

    Milliy universitetda islom akademiyasi ilmiy kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    26.01.2018, 16:43

    FVV chegaradan o‘tayotgan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda

    26.01.2018, 16:32

    IIV O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovishi munosabati bilan aholiga murojaatnoma yo‘lladi

    26.01.2018, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.