Respublikachi kongressmen Elis Stefanik AQSh raketaga qarshi yerdagi mudofaa tizimi Rossiya, Xitoy, KXDR yoki Eron tomonidan raketa yadro zarbasini qaytara olmasligini tan oldi. Bu haqda u Washington Examiner’dagi maqolasida ma’lum qildi.
“Aslini olganda, raketaga qarshi mudofaa tizimimiz o‘qni o‘q bilan urishga harakat qilmoqda, — deb yozadi senator. — Sinovlar AQSh ega bo‘lgan imkoniyatlar barcha raketa hujumlarini tiyib turish imkonini bermasligini ko‘rsatdi”.
Stefanik Amerika raketaga qarshi yerdagi mudofaa tizimining asosiy zaif jihatlarini sanab o‘tadi. Jumladan, tizim sinovlarining 18 tasidan faqat o‘ntasi muvaffaqiyatli o‘tgan (56 foiz samaradorlik).
Bundan tashqari, AQSh raketaga qarshi yerdagi mudofaa tizimi ikki bazada (Alyaska va Kaliforniya) joylashgan, bu sharqiy sohilni himoyasiz qoldiradi.
Stefanik fikricha, AQSh uchun nafaqat KXDR va Eron, balki Rossiya va Xitoy ham tahdid yuzaga keltiradi. Siyosatchi AQSh himoyasini kuchaytirish uchun raketaga qarshi mudofaa tizimini Amerika quruqlikdagi qo‘shinlari 10-tog‘ diviziyasi joylashgan Fort-Dramga (Nyu-York shahri) joylashtirishni taklif qiladi.
Izoh (0)