Toshkent viloyat IIB xodimlari o‘tkazgan tadbir davomida tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1987-yilda tug‘ilgan Aleksey Musailov Eyvalak qo‘rg‘oni hududidagi dalada to‘xtatilib, tekshirildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Xolislar ishtirokidagi tekshiruvda uning yonidagi oq qop ichida 2,5 kilogrammga yaqin marixuana borligi aniqlandi. Musailov giyohvandlik moddasini o‘z iste’moli uchun saqlaganligini da’vo qildi.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)