Ayollar soni erkaklarnikidan kam bo‘lgan 11 mamlakat
AdMe aholisi tarkibida ayollar kam bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. Tarozi pallalari har xil bo‘lishiga muhojirlar, uy-joy muammolari, hatto mentalitet ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Norvegiya
Bu yerda erkaklar soni ayollarnikidan 12 mingga ko‘proq.
Islandiya
Bu yerda har yuz nafar ayolga o‘rtacha 104 erkak to‘g‘ri keladi. Shu sababli hatto Islandiya hukumati island erkak turmushga chiqadigan chet ellik qizlarga pul to‘lashi haqida mish-mishlar tarqalib ketdi, ammo bu tezda rad etildi.
Kanada
Kanadada erkaklar ayollarga qaraganda 250 mingga ko‘p. Bu ayollar ko‘pincha ishlash uchun boshqa mamlakatga ketib, qaytib kelmasligi bilan bog‘liq.
Kipr
Muhojirlarning katta oqimiga qaramay, Kiprda baribir ayollar tanqisligi bor.
Xitoy
Xitoyda erkak ayollardan 34 million nafarga ko‘p.
Finlyandiya
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiyada 25 dan 54 yoshgacha bo‘lgan 256 ming nafar erkak uylanmagan.
Italiya
Italiyalik ayollar kamdan-kam hollarda o‘zlarini uy bekasi sifatida ko‘radi va karyerasini rivojlantirishga intiladi. Ko‘pincha qizlar o‘qish yoki ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketadi.
Shvetsiya
Erkaklarning mo‘lligi qochoqlarning katta oqimi bilan bog‘liq. Ayni paytda Shvetsiyada ayollar erkaklardan 15 ming nafarga kam.
Hindiston
Hindistonda 24 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar ayolga 110 erkak to‘g‘ri keladi.
Shveysariya
Shveysariyada ham erkaklarning ko‘pligi muhojirlar oqimi bilan izohlanadi.
Angliya
Angliyada ayollar erkaklardan kam pul topishi kerak degan tushuncha yo‘q. Shu sababli qizlar karyera qiladi va ko‘pincha ish bo‘yicha xorijga ketadi.
Izoh (0)