• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘ona viloyati hokimi Aqto‘be bo‘yicha yig‘ilishda toshloqliklarni “haromi” deb atab, ularning Hajga borishini taqiqladi (audio)

    Davomi: Farg‘ona viloyati hokimligi vakili: Viloyat hokimi Toshloq tumani aholisini emas, rahbariyatini tanqid qildi

    Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Aqto‘beda yuz bergan fojia va uning oqibatlari muhokamasiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi o‘tkazdi va yig‘ilish davomida Toshloq tumani aholisini Farg‘ona viloyatini butun O‘zbekistonga sharmanda qilishda aybladi. Hokimning yig‘ilishdagi chiqishidan audioyozuv parchasi “Kun.uz” tomonidan e’lon qilindi.

    Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 18-yanvar kuni o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 16 nafari Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Aqto‘bedagi voqeadan so‘ng butunlay o‘zgardim, endi boshqacha fikrlayman

    Yig‘ilishda hokim Toshloq tumani vakillarini ayblar ekan, ularni bir necha bor “haromilar!” deb haqoratlagan, “Padaringga lan’at!” deb aytgan. Tuman hokimiga esa, agar u mard bo‘lsa, “zaldan chiqib, yo‘qolib ketishni” tavsiya qilgan.

    Mavzuga doir: “Haromi” degani nima? O‘zbek tilining izohli lug‘ati javob beradi

    O‘z navbatida, Shuhrat G‘aniyev bu yil Toshloq tumanidan hech kim Haj ziyoratiga yuborilmasligini ta’kidlagan. Shuningdek, Toshloq tumanidan bo‘lgan qurbonlarning oilalari uchun “bechora viloyatdagilar” 80 million so‘m to‘plab berganini aytgan.

    Mavzuga doir: Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan xayriyada 160 mln so‘m yig‘ildi

    Bundan tashqari, viloyat hokimi hududdagi mas’ul idoralarga barcha avtoturargoh, bekatlarda tekshiruvlar o‘tkazish, Rossiyaga ketishda gumon qilinayotgan shaxslarni tekshirish haqida ko‘rsatma bergan.

    Hamma narsa mening esimda turibdi. Bular Novo-Kokandskiy zavodni berkitgan. Toshloqdan borib, miting qilib berkitgan, birlik bo‘lib, haromilar. Toshloqdan chiqqan haromilar bor edi, besh-oltita. Haromilar! Haromini haromi deydi! Kecha bozor bo‘yicha hunar qilding... Toshloqlik... E, san nomardlar...

    Shuning uchun, mahalla, eshitib oling, siz ham eshitib oling, Qamariddin Fattohovichga ham aytdim: Toshloqdan birortasi Hajga bormaydi. Birortasi Hajga bormaydi Toshloqdan! Tirigi ham bormaydi, otasi ham bormaydi! Toshloqdagilarning hammasi mahrum bo‘ldi!

    Shuning uchun, borib, joyida xulosa chiqarib, hisob-kitob qilasiz, tushunarlimi? Toshloqda o‘tirgan anavi ahmoq bilan savol-javob qilishning hojati ham yo‘q. Endi bo‘lari bo‘lib bo‘ldi, eshitib qo‘ysin Toshloqdagilar ham. Yana bechora viloyatdagilar homiylik qildi, 80 million so‘m. Mana, hozir bosh vazirimiz aytdilar, 5 million so‘mdan deb. Men buni ta’na qilish uchun gapirayotganim yo‘q.

    Birortasi bormaydi ziyoratga! Hammasini o‘chirasiz! Bittasi ham bormaydi! Bilib turib, ko‘rib turib... Hammasi 20—22 yashar yigitlar. 1999-yilda tug‘ilgani ham bor bitta. Uylanmagan yigitlarni olib ketaveradimi? Ota-onasi nima qilib yuribdi? Endi bechora uchastkovoy aybdor bo‘ladi. Mahalla esa turibdi u yerda, tishini kavlab.

    Ertaga yozsa yozaversin mening ustimdan: “G‘aniyev Hajga bormaysan dedi, falon dedi, piston dedi”, deb. Miting qilganlar shular bo‘ladi. 2005-yili, Taqir degan joyda ichki ishlar xodimlariga tosh otib quvgan ham shular bo‘ladi. Haromilar!..

    Ikki-uchtadan xotin qilgani ham Toshloqdan! Sha’riy nikoh o‘qib bergan mullasi ham Toshloqdan! Xotinlarini qo‘yvorib, bolalari bilan yetim qilib, aliment to‘lamay yurgani ham Toshloqdan! Padaringga lan’at! San Toshloqdagilarning bir joying yo‘g‘on bo‘lib ketgan bo‘lsa... [...]ga yuborish kerak Toshloqdagilarni, hokimidan boshlab. Haromilarni!

    Viloyatni butun respublikaga sharmanda qilganlar. Bozorni ustidan yozadigan ham Toshloqdan. Bozorda bir-biri bilan eshakmindi o‘ynaydigani ham Toshloqdan. Qo‘lingdan kelmasa, chiqib ket hozir zaldan, hokim bo‘lib o‘tirmasdan! Mard bo‘lsang, shunday chiq-da, yo‘qolib ket! Yo‘qolib ket! Nomard!

    Keyingi masala. Viloyat Avtodaryotrans, ey, siz ham Toshloqdan chiqqansiz-u, og‘ayni. Men bilmayman, ertaga viloyatdagi kirakashlar, mana, 10 mingta ro‘yxatda turgani bor, boshqasi bor. Toshkentga ketayotgani, qatnayotgani bor. Bular (qurbonlar)ning hammasi mashinada ketgan. Poyezdda ham ketmagan, samolyotda ham ketmagan. DAN vakillari bilan birga yurib, har bitta avtoturargoh tekshiriladi. O‘zi Rossiyaga ketayotgani ma’lum bo‘ladi — qo‘lida yuki katta bo‘ladi.

    Shuhrat G‘aniyev, Farg‘ona viloyati hokimi

    Bu hokimlarning qo‘l ostidagilarga nisbatan qo‘pollik qilgani oshkor bo‘lishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2017-yil sentabrida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Nosirjon Egamberdiyev tumandagi maktab direktorlarini urayotgani videosi, keyinroq, 2017-yil noyabrida Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahardagi kollej direktorlarini haqorat qilayotgani audiosi tarqalib ketgan edi.

    Keyinchalik Dilmurod Rahmatullayev ma’muriy javobgarlikka tortilgani, sud unga eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima to‘lash jazosini tayinlagani ma’lum bo‘ldi. Nosirjon Egamberdiyev esa 2018-yilning yanvar oyida o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketdi — uning ishi ham sudga oshirilgani aytilgan edi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil davomida bir necha bor mushtumzo‘r, qo‘pol hokimlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Prezident bunday amaldorlarni “Prezident siyosatiga qarshilar” deb atadi, keyinroq: “Hokimlarga odamlarni haqorat qilishga kim huquq berdi?”, deb savol qo‘ydi.

    Ma’lumot uchun, bu yil 50 yoshga to‘ladigan Shuhrat G‘aniyev 2011-yil noyabridan beri Farg‘ona viloyatiga rahbarlik qilib keladi. 2015-yildan — senator. 1992-yili Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

    Viloyat hokimi etib tayinlanguniga qadar “Agrokimyota’minot”, “Qishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyalari tizimida (1996—2004-yillarda) turli mas’ul lavozimlarida ishlagan, 2004—2007-yillarda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2007—2008-yillarda Vazirlar Mahkamasida axborot-tahlil departamenti mudiri sifatida ishlagan. 2008—2011-yillarda Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

    24.01.2018, 16:04   Izoh (0)   405541
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

    24.01.2018, 15:54

    “O‘zbekenergo” shikoyat va murojaatlarni Telegram orqali qabul qila boshladi

    24.01.2018, 15:32

    O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi

    24.01.2018, 15:21

    Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Aqto‘bedagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    24.01.2018, 15:00

    GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazishni boshladi

    24.01.2018, 14:31

    “O‘zstandart” agentligi Toshkent bozorlarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlari sotilayotganligini aniqladi

    24.01.2018, 14:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kir yuvish kukuniga allergiya: sababi, dastlabki belgilari va oldini olish chorasi

    Ayollar sahifasi | 31 may, 21:35

    O‘zbekiston JSTga a‘zo bo‘lish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 31 may, 21:15

    O‘zbekistonning “Sahrodagi Luvr”idan keltirilgan suratlar Rossiyada namoyish etilmoqda (foto)

    O‘zbekiston | 31 may, 20:55

    Shavkat Mirziyoyev haj ziyoratida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston | 31 may, 20:40

    Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshda vafot etdi

    Shou-biznes | 31 may, 20:10

    “Kalmar o‘yini 3”: Janubiy Koreyaning 2025-yil iyun oyida premyerasi bo‘ladigan 6 ta seriali

    Madaniyat | 31 may, 19:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.