Serbiyalik hujumchi Filipp Rayevats faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Rayevats o‘tgan mavsumni “Qo‘qon-1912” safida o‘tkazgan bo‘lib, Oliy Liga muxlislarining og‘ziga tushgandi. 25 yoshli hujumchi “qaldirg‘ochlar” bilan necha yillik kelishuvga erishgani borasida aniq ma’lumot yo‘q.
“Bunyodkor” bir mavsum avval “Buxoro” safida tanilgan Vadim Chemirtanni klubga taklif qilgandi. Sergey Lushchanning istagi bilan amalga oshgan ish, undan keyin o‘zini oqlamadi va Chemirtan Qosimov tuzgan jamoada asosiy tarkibni o‘zi uchun sug‘urtalay olmadi.
Filipp professional faoliyatini 2009-yil “Buduchnost” klubida boshlagan bo‘lib, deyarli har yili jamoa almashtiradi. U 2015-yil Polsha klubi “Siarka”da ham o‘ynadi. Qo‘qonliklar safida esa 28 ta o‘yinda 7 ta gol urishni uddaladi.
Izoh (0)