NASA astronomlari Yerga kattaligi 0,5 kilometrdan 1,2 kilometrgacha bo‘lgan 2002 AJ129 asteroidining yaqinlashishi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi “Nauka”.
Soniyasiga 34 kilometr tezlikda harakatlanuvchi asteroid Yer sayyorasi yonidan 4-fevral kuni maksimal yaqinlikda uchib o‘tadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, xavotirga o‘rin yo‘q, chunki ushbu kunda ham kosmik obyekt Yerdan Oyga nisbatan o‘n barobar uzoqlikda bo‘ladi. Uning Yer bilan to‘qnashuv ehtimolligi nolga teng.
Izoh (0)