Kanadalik milliarder Barri Sherman va uning rafiqasi Xanining sirli o‘limini o‘rgangan xususiy detektivlar er-xotin ularning jasadlari Torontodagi dang‘illama hovlidan topilishidan ikki kun avval bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan deb hisoblamoqda. Bu haqda Washington Post nashri ma’lum qildi, deb yozadi ForumDaily.
Xususiy detektivlar ma’lumotlari ba’zi bandlari Toronto politsiyasi ma’lumotlariga mos kelmaydi.
Toronto huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘ra, tergov o‘z joniga qasd qilish versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Shermanlar qarindoshlari ayolning eri tomonidan o‘ldirilishi haqiqatdan yiroq ekanligini ma’lum qildi.
Xususiy detektivlar guruhi Shermanlar ularning jasadlari topilishidan ikki kun avval, 13-dekabrda o‘ldirilgan deb hisoblamoqda. Ular, shuningdek, Xani o‘z qotili yoki qotillariga qarshilik qilgan degan fikrda. Detektivlar taxminicha, er-xotin bir muddat davomida birga bog‘lab qo‘yilgan. Ular jasadlaridagi izlar shundan guvohlik bermoqda.
Izoh (0)