AQSh Mudofaa logistika agentligi Belarus, Ukraina, Moldova, Finlyandiya va Polsha infratuzilmasini harbiy davr sharoitlariga tayyorligi yuzasidan o‘rganishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RT xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tadqiqot Pentagonga o‘z sanoatini harbiy davr va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida amal qilishiga tayyorlash uchun mazkur beshta mamlakat turli tovarlarni yetkazish logistika tarmoqlari va zanjirlarini tushunish uchun kerakligi ta’kidlanadi.
Yakuniy hisobotlarda suv va oziq-ovqat, yoqilg‘i, dori vositalari, sanoat qurilmalari va kiyim-kechaklarning mahalliy va hududiy manbalari haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining transport infratuzilmasi — portlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, aeroportlar, ko‘priklar va parom kechuvlari haqidagi ma’lumotlar ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Tadqiqotda, shuningdek, AQShdan materiallarni dengiz va havo orqali Belarus, Finlyandiya, Moldova, Polsha va Ukrainaga yetkazish qancha vaqt olishi ham ko‘rsatilishi kerak.
Izoh (0)