Oldinroq Turkiya Suriyaning Afrin tumani chegarasiga kuchlarini to‘playotgani xabar qilingan edi. Endilikda mamlakat harbiy texnikasi asosan kurdlar istiqomat qiladigan hududga kirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Kurdlarning mudofaa kuchlari Turkiya zirhli texnikasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatmay, mamlakat ichkarisiga chekinmoqda.
“Zaytun butog‘i” operatsiyasi boshlangani 20-yanvar kuni e’lon qilingan edi. Turkiya uni Kurdiston ishchi partiyasi, shuningdek, “Demokratik ittifoq” partiyasi va “Xalq mudofaa kuchlari” (YPG) singari kurd tashkilotlariga qarshi o‘tkazmoqda.
Izoh (0)