Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Kobuldagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga hujum uyushtirgan jangarilarni yo‘q qildi. Barcha xodimlar va istiqomatchilar ozod qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
“Operatsiya bitdi, barcha jangarilar yo‘q qilindi. 126 istiqomatchi va mehmonxona xodimi ozod qilindi, ular orasida 41 nafar chet el fuqarosi bor”, — ma’lum qildi IIV matbuot xizmati vakili Najib Donish.
Pajhwok agentligiga ko‘ra, operatsiya chog‘ida uch jangari yo‘q qilingan.
Izoh (0)