Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyati faollari yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Faollar yig‘ilishi Aqto‘bedagi fojiada halok bo‘lganlar xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi. Yig‘ilish tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga amalga oshirayotgan tashrifi chog‘ida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat etib, Aqto‘beda halok bo‘lganlar haqiga duo qildi.
Izoh (0)