18-yanvar kuni Qozog‘iston orqali Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik tiriklayin yonib ketdi. O‘zbekiston FVV 29 qurbonning ismlarini e’lon qildi: ularning barchasi namanganlik. Yonayotgan avtobusdan omon qolgan ikki o‘zbekistonlik ham Namangandan.
Bu hodisadan avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453 200 so‘mni tashkil etganini ma’lum qilgan edi. Qo‘mita axborotida o‘rtacha oylik ish haqining eng past miqdori Namanganda qayd etilgani, viloyatda o‘rtacha oylik ish haqi 1 140 500 so‘mni tashkil etishi aytilgan edi.
Izoh (0)