Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanida Ikarus rusumli yo‘lovchi avtobusi salonidagi 52 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi bilan yonib ketishi munosabati bilan Aqto‘be viloyati hokimi o‘rinbosari rahbarligida viloyat Favqulodda vaziyatlar departamentida operativ shtab hamda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasida tezkor telefon raqamlari tashkil etildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aqto‘be viloyati hokimi o‘rinbosari rahbarligida viloyat favqulodda vaziyatlar departamentida operativ shtabning tezkor telefon raqamlari: +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tezkor telefon raqamlari: + 7 777 218 20 10
Elekrton manzil: emb-uzbekistan1@mail.ru.
Avvalroq, mudhish fojia munosabati bilan Qozog‘istonda maxsus hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)