Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yo‘qqa chiqqanligini ma’lum qildi. Bu haqda u muzokaralar yakuni bo‘yicha AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo‘shma bayonoti davomida ma’lum qildi. Videoyozuv Oq uyning YouTube’dagi kanaliga joylangan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Shimoliy Koreya muammosini faqat AQSh, Xitoy va Rossiya birgalikda hal etishi mumkin. Shu munosabat bilan biz, qo‘shnilarni, tabiiyki, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi yo‘qqa chiqqan siyosiy munosabatlar tashvishlantirmoqda”, — dedi Nazarboyev.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti AQSh bilan vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilishiga umid qilayotganligini bildirgan edi.
Izoh (0)