Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi yana ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi: Sherzod Karimov va Xusniddin G‘ofurov.
“Paxtakor” Turkiyaga ketgach, “Lokomotiv” Amirliklarni afzal bildi. Uning bo‘lajak raqiblari nisbatan jiddiyroq
Xusniddin G‘ofurov 2013-yildan buyon Serbiya chempionatida to‘p surib kelayotgandi. U Serbiyaga “NBU-Osiyo” klubidan ketgan. Avvaliga “Yavor”, keyin esa “Mladost” jamoalarida to‘p tepgan.“Lokomotiv” G‘ofurov bilan ikki yillik bitim tuzdi. Farg‘onalik 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi yangi klubi safida 19-raqamda harakat qiladi.
Shuningdek, “Paxtakor” bilan xayrlashgan Sherzod Karimov ham “Lokomotiv”dan qo‘nim topdi. “Temiryo‘lchilar” unga 8-raqamni bergan. Karimov Oliy Ligada 178 ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)