2018-yilning 18-yanvar kuni O‘zbekistonga Jahon bankining bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Jahon bankining delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Hukumat va Oliy Majlis Senatida uchrashuv va muzokaralar olib boriladi.
Izoh (0)