• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Musulmonlar idorasi O‘zbekistonning AQSh davlat departamenti tomonidan diniy erkinliklar buzilayotgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilishini yanglish ish deb atadi

    AQSh davlat departamenti O‘zbekistonni yana “vijdon erkinligi va diniy erkinlik sohasida buzilishlar tufayli alohida tashvishga sabab bo‘layotgan” mamlakatlar ro‘yxatiga kiritgani mo‘min-musulmonlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati. 2018-yil 4-yanvar kuni Departament tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, bu ro‘yxatdan Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya, Myanma, Eritreya, Sudan va Saudiya Arabistoni ham joy olgan.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining ushbu holatga munosabati aks etgan bayonotini to‘liq keltirib o‘tamiz.

    Bugungi O‘zbekistonning ushbu ro‘yxatga kiritilishini yanglish ish, deb hisoblaymiz. Chunki o‘tgan bir yil davomida diniy sohada eng ko‘p o‘zgarish va yengilliklar bo‘ldi. Ezgulik va xushxabarlarga limmo-lim bo‘ldi. Shukrki, hayotimiz butunlay jonlanib ketdi. Har kuni bir yangilik, ajoyib tuhfa bo‘lmoqdaki, xalqimiz bundan juda ham mamnun. Ulug‘ ne’matlar ketma-ketligi to‘xtovsiz davom etmoqda.

    Haqiqatan, e’tiqod borasida to‘planib qolgan masalalar yechimini topish, ushalmas orzu bo‘lib turgan istaklarning ro‘yobi borasida juda ham katta ishlar qilindi. Shaxsan Prezidentimizning sa’y-harakati bilan Islom dini qadriyatlarini asrab-avaylash, diniy savodxonlikni oshirish va dinimizning ezgu ta’limotlarini keng targ‘ib etish maqsadida, ulkan ishlar qilindi. Buni aniq misollarda bayon qiladigan bo‘lsak, jumladan:

    Islom sivilizatsiyasi markazi va 2 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida, tasavvuf ilmlarini o‘rganishga ixtisoslashgan 5 ta ilmiy maktab ish boshladi.

    Islomiy ta’lim muassasalari soni 11 taga yetkazildi. Buxoroda Oliy madrasa tashkil etildi. Toshkent islom institutida 3 yillik maxsus sirtqi bo‘lim ochildi, diniy o‘quv yurtlari qoshida o‘quv kurslari yuritildi, Qur’oni karim qiroati bo‘yicha “Tahfizul Qur’on” guruhlari faoliyat boshladi, qabul kvotalari 150 foizga oshirildi.

    Mamlakatimiz bo‘yicha 15 ta masjid qaytadan barpo etildi, 55 ta masjid kapital ta’mirlandi. Birgina Surxondaryo viloyatining olis hududlarida 4 ta yangi masjid ish boshladi, yana 4 tasini ochish rejaga kiritildi.

    Internet saytlarida diniy fanlardan onlayn darslar tashkil etildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar-javoblar rukni muntazam ishlab turibdi, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda diniy-ma’rifiy targ‘ibot jadal olib borilmoqda.

    Prezidentimizning yuksak tashabbusi va otalarcha rahnamoliklarida o‘lkamizning tuman-shaharlarida Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimni o‘z qalblariga jo qilgan qori va qoriyalar musobaqalari keng miqyosda bo‘lib o‘tmoqda.

    O‘tgan yil oxirida Prezidentimiz “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdilar. Unga ko‘ra, akademiyada “Qur’onshunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.

    Mana shunday keng imkoniyat va qulayliklar bo‘lgan yurtni, bugungi dunyoda topish kiyin bo‘lsa kerak? Aksincha shunday mamlakatni “vijdon erkinligi va diniy erkinlik sohasida buzilishlar tufayli alohida tashvishga sabab bo‘layotgan” davlatlar ro‘yxatiga kiritish adolatdan bo‘lmaydi.

    Yana shuni qayd etish kerakki, ommaviy axborot vositalarida diniy xodimlar chiqishlari keskin ko‘paytirildi. “Hidoyat sari” va “Ziyo” ko‘rsatuvlari efir soni ikki baravarga oshirildi. “O‘zbekiston 24” telekanalida imom-xatiblar ishtirokida davra suhbati qilinmoqda. “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida ulamolar ishtirokida ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. Shuningdek, “Ziyo chashmasi” nomli radio eshittirish va 50 ga yaqin diniy ma’rifiy veb-saytlar ish olib bormoqda.

    “Hidoyat” jurnali jami 1 million 145 ming nusxada, “Islom nuri” gazetasi jami 820 ming nusxada nashr etildi. Shuningdek, 200 ga yaqin nomdagi diniy adabiyotlar bir necha yuz ming adadda chop etildi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, hadislar to‘plami, buyuk muhaddis, olim va fiqh ilmi peshvolarining asarlari tarjima qilinib, xalqimizga tuhfa qilindi.

    Yana faxr bilan aytish kerakki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarligi ostida Misrdagi “Dorus-salom” nashriyoti va Azhari sharif huzuridagi ilmiy akademiya bilan Qur’oni karimni chop etish bo‘yicha kelishuvga erishilib, o‘zimizda Qur’oni karim chop etilmoqda. Shu o‘rindan qayd etish kerakki, ko‘zi ojiz mo‘min-musulmonlar uchun brayl yozuvidagi Qur’oni karim nusxasini chop etish bo‘yicha O‘zbekiston dunyodagi uchinchi davlat hisoblanadi.

    Haj kvotasi ikki mingtaga, umra kvotasi 4 mingtaga oshdi, birinchi marta Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bir guruhi bepul hajga yuborildi. Shu kunga qadar jami 120 mingdan ziyod fuqaro haj ibodatini, 92 mingdan ortig‘i umra amalini ado etdi.

    Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratish zarur. Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan turli diniy oqimlarga a’zolar ro‘yxatida bo‘lgan 16 ming nafardan ziyod kishi ro‘yxatdan chiqarildi. Ushbu fuqarolarning dardi va maqsadini o‘rganish, ularning kamsitilishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, qo‘llab-quvvatlash, jamiyatga kirishib ketishlarini ta’minlash bo‘yicha juda katta ishlar qilindi. Birgina Shayxontohur tumanining o‘zida shunday 118 nafar shaxs ambulator va statsionar sharoitda sog‘lomlashtirildi, 352 nafar bola o‘z xohishiga ko‘ra, to‘garaklarga jalb etildi. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan 12 nafar shaxsga kredit olishda ko‘maklashildi, 3 nafar oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli uylardan olishga yordam berildi.

    Tarixda ilk bor O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risida farmoni minglab o‘ksik qalblarga malham bo‘ldi. Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar oilasi bag‘riga va islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ldi.

    Bunday kishilarni jamiyatga qaytarish, ularning odamlardan ajrab qolmasliklari chorasini ko‘rish, tasalli berib, hayotda o‘z o‘rinlarini topib olishlariga ko‘maklashish ishlari olib borilmoqda. Zero, ular bizning yurtdoshlarimiz, qo‘ni-qo‘shnilarimiz, og‘a-inilarimizdir. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi:  “Albatta, mo‘minlar dinda o‘zaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz o‘rtasini tuzatib qo‘yingiz va Allohdan qo‘rqingiz, shoyad, rahm qilinsangiz” (Hujurot, 10).

    Demak, o‘zimizning millatdoshimizni, maslakdoshimizni, dindoshimizni, qolaversa, bir mo‘min-musulmon bandani hayotda o‘z yo‘lini topishiga yordam qo‘lini cho‘zish, xato va kamchiliklarini afv etish, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish dinimiz talablaridandir. Alloh taolo “Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring”, deb xitob qiladi.

    Shu o‘rinda aytish kerakki, dinimizning shiddat bilan taraqqiy etib borayotgani va oliyjanoblikda ustun ekanini ko‘rolmaydigan din dushmanlarining kirdikorlari dunyo musulmonlari g‘azabini qo‘zg‘amoqda. Jahonning turli mintaqalari, xususan, arab-musulmon mamlakatlarida sodir bo‘layotgan dahshatli voqealar ortida qora kuchlar turganini anglash lozim. Muhtaram Prezidentimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida: “Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi”, — deb yuksak jur’at bilan aytgan mana shu chiqishlari katta jasorat bo‘ldi.

    Haqiqatan, turli fitnalarning ortida qandaydir kuchlar turganiga teran ko‘z bilan qarash kerak. Inson har qanday kuchlarning fitnalariga aldanmasligi va nihoyatda hushyor bo‘lishi kerakligi haqida Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Mo‘min kishi ziyrak, hushyor va oqil bo‘ladi”, degan hadislari mohiyatini chuqur tushunish lozim.

    Xulosa qilib aytish kerakki, bugun O‘zbekistonda kechayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar ko‘p millatli xalqimiz tomonidan katta quvonch bilan kutib olinmoqda. Odamlarimiz turmush tarzida, ayniqsa, diniy-e’tiqodiy masalalarida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar yurtimizda yashab kelayotgan barcha din vakillari tomonidan e’tirof etilayotganiga hamma guvoh bo‘lmoqda. Bu muhim jihatlarni inobatga olib, O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi “alohida tashvishga sabab bo‘layotgan” mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgani bir zamonlar eskicha qarashlar asosida qabul qilingan noxolis xulosalar ekanidan dalolat beradi. Shu ma’noda, bu fikrlar AQSh davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston haqida tarqatilgan axborotni biryoqlama, noxolis ma’lumotlarga tayangan holda tayyorlangan, haqiqiy voqelikdan ancha yiroq hisobot deb aytishga asos bo‘la oladi.

    Yuqorida qayd etilgan asoslar va yurtimizning ko‘p sonli mo‘min-musulmonlari murojaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonni mazkur ro‘yxatdan chiqarish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    15.01.2018, 10:35   Izoh (0)   16317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qur’on musobaqasi boshlandi (jonli video)

    15.01.2018, 10:31

    Farg‘onada “Ummul-quro” masjidi ta’mirdan chiqarildi (foto)

    15.01.2018, 10:09

    O‘zbekistonda Qur’on musobaqasi boshlanishiga bir necha daqiqalar qoldi (foto)

    15.01.2018, 09:54

    Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi quriladi

    15.01.2018, 09:36

    O‘zbekistonda ilk marta National Stone brendi ostida sun’iy kvars toshi ishlab chiqarilmoqda

    15.01.2018, 09:00

    Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi

    15.01.2018, 08:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muxlislar tomonidan ortiqcha baholangan 7 turk qahramoni

    Kino | 12 avgust, 20:25

    Kavkazdagi “katta o‘yin”ning yangi sahifasi. Zangazur koridori ustidagi geosiyosiy raqobat

    Dunyo | 12 avgust, 20:12

    Yevropa Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam berdi

    Dunyo | 12 avgust, 19:55

    Nega ko‘pchilik smartfondan ko‘ra tugmachali telefonni afzal ko‘rmoqda?

    Layfstayl | 12 avgust, 19:40

    Prezident Buxorodagi 5 mingta xonadonda arzon issiqxonalar qurish vazifasini qo‘ydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:30

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Kelajakda Somon yo‘li Andromeda galaktikasi bilan to‘qnashishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 12 avgust, 19:25

    “Ovoz” ogohlantirildi: loyihada Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i bo‘yicha mualliflik huquqi buzilgan

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:13

    Argentinada Netanyaxuni mamlakatga kelgan taqdirda hibsga olish so‘ralmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.