2018-yilning dastlabki kunlarida Farg‘ona shahrining Yormazor mahallasida joylashgan “Ummul-quro” masjidi milliy va zamonaviy uyg‘unliklikni mujassam etgan ko‘rinishda ta’mirdan chiqarildi, deb yozadi “Fargonaziyo.uz”.
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyatida 198 ta masjid faoliyat olib bormoqda. Masjidlar kundan-kun yangicha qiyofa kashf etib, ibodatga keluvchilarga ma’naviy halovat baxsh etayotir, deyiladi xabarda.
– Masjidga kirgan odam dunyoni, g‘am-g‘ussani unutadi. Bu joydan halovat va tarbiya oladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, yer yuzidagi eng tinch joy – bu masjid desak mubolag‘a bo‘lmaydi, – deydi Farg‘ona shahridagi “Ummul-quro” masjidi hamda viloyat bosh imom-xatibi T.Erbo‘tayev.
Nashr eslatishicha, avval mamlakat mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida viloyatdagi 8 ta masjidda zamonaviy loyiha asosida qurilish ishlari boshlangan edi.
Izoh (0)