Rossiyaning Yakutsk shahri sudi ko‘p bolali oilaga qo‘shni hovliga qaragan derazalarni g‘isht bilan urib tashlash majburiyatini yukladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Sud qaroriga ko‘ra, Isakovlar oilasi qo‘shni Petrovlar hovlisiga qaragan birinchi va ikkinchi qavatdagi oylarni urib tashlashi lozim. Shunisi ham borki, ikki hovli o‘rtasidagi masofa 25 metrni tashkil etadi.
Petrovlar qo‘shni uydagi derazalar shaxsiy hayotlariga daxl qilayotganini isbotlashga urindi va sud ularning tarafini oldi. Sud qarorini nafaqat xolis yuristlar, balki prokuratura ham ajabtovur deb topdi.
Isakovlar esa mazkur qarorni da’vogar Sirgilana Petrova Yoqutiston oliy sudi raisining kotibasi ekanligi bilan izohladi.
Izoh (0)