Kinorejissor Rustam Sa’diyev O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i asosida Imom Buxoriy hayoti haqida qimmat budjetli, ikki qismli badiiy film ustida ish boshlaganini bildirdi, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.
Kinorejissorning aytishicha, “bir necha million dollarlik” bu kinoloyiha davlat granti asosida “O‘zbekkino” DAK va O‘zbekiston musulmonlar idorasi hamkorligida suratga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida kinematografiya vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “islomiy mavzudagi filmlarni suratga olib, masjidlarda namoyish qilish” taklifi bilan chiqqan edi.
Sa’diyevga so‘zlariga ko‘ra, Termiziy va Buxoriy haqida kinofilmlar ustidagi ishlar jadal sur’atlar bilan boshlangan. “Prezidentimiz mablag‘ va texnika masalasida muammo bo‘lmaydi, deb va’da berdi. Kerak bo‘lsa o‘sha Gollivud ishlatadigan eng so‘nggi kinotexnikalarni sotib olamiz. Filmga jahon kino yulduzlari taklif qilinadi”, — dedi rejissor.
Izoh (0)