Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqinida (my2.gov.uz) Toshkent shahri bo‘yicha manzil-ma’lumotlarini berish xizmati ishga tushirildi.
Hozirda ushbu xizmat sinov rejimida ishga tushirilgan va undan faqat Toshkent shahri aholisi – jismoniy shaxslar foydalana oladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot — Toshkent shahar IIBB manzil-tergov byurosi.
Xizmatdan faqat my2.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Elektron buyurtma yuborilganidan so‘ng, 5 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Xizmat bepul taqdim etiladi.
Izoh (0)