Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning rasmiy sayti davlat rahbarining Qozog‘iston xalqiga murojaatini chop etdi.
Hurmatli qozog‘istonliklar!
Bugun insoniyat yangi sanoat inqilobi davriga qadam qo‘ymoqda. Zamonaviy texnologiyalar dunyoni o‘zgartirmoqda. Global texnologik o‘zgarishlar da’vatlar bilan birga yuksalishning yangi imkoniyatlarini ilgari surmoqda.
Bu dunyoning eng rivojlangan 30 ta mamlakati qatoriga kirishimizni tezlashtiruvchi tarixiy imkoniyatimizdir. Ertaga Qozog‘iston xalqiga murojaatim chop etiladi. U mamlakatni To‘rtinchi sanoat inqilobi shart-sharoitlarida rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan 10 ta asosiy vazifani ko‘ryapman. Ularning qisqacha mazmunini keltirib o‘taman.
Birinchi vazifa. Qozog‘iston sanoati yangi texnologiyalarni joriy etish flagmaniga aylanishi lozim.
Sanoatimiz ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy biznes-modellarni o‘zlashtirish orqali mehnat unumdorligini oshirishi lozim.
Ikkinchi. Resurs imkoniyatlaridan foydalanishning samaradorligini sezilarli darajada yaxshilash lozim.
Axborot-texnologik yechimlarni joriy etish kerak.
Beshinchi. Qurilish va kommunal turar-joylarda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash.
Oltinchi. Moliyaviy sektorni “qayta ishga tushirish”.
Bank tizimini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari nazoratni kuchaytirish va oddiy fuqarolar manfaatlarini hisobga olish bilan birga kechishi lozim.
Yettinchi. Inson kapitalining yangi sifati.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlari zamonaviy jarayonlar va iqtisodiyot talablariga javob berishi lozim. O‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish zarur.
Sakkizinchi. Samarali davlat boshqaruvi.
To‘qqizinchi. Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qoladi.
O‘ninchi. Smart City texnologiyasini joriy etish o‘sib kelayotgan shaharlar muammolarini samarali hal etish va ularning investorlar uchun jozibadorligini oshirish imkonini beradi.
Izoh (0)