Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Vashingtonning Rossiyadagi prezidentlik saylovlariga ta’sir ko‘rsatishga urinishlarini nomaqbul deb atadi. Tegishli bayonot diplomatik missiyaning Facebook’dagi sahifasiga joylangan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biror kishining Rossiyadagi saylovlarda qatnashishiga ruxsat berish haqidagi talablar yoki Rossiya hukumatiga bosim o‘tkazishga boshqa shu kabi munofiqona urinishlar nomaqbul va davlatimiz ichki ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv sifatida qabul qilinadi”, — deya ta’kidlaydi elchixona.
Shuningdek, diplomatlar Amerika hukumati AQShda bo‘lib turgan va u yerda yashovchi Rossiya fuqarolariga saylov huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligiga umid bildirdi.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti Aleksey Navalniyning 2018-yilgi saylovlar ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi rad etilganligi yuzasidan “tashvishlanayotganligini” bildirgan edi.
Izoh (0)