JCh—2018 uchun tayyorgarlikni davom ettirayotgan Argentina va Ispaniya terma jamoalari 27-mart kuni xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadigan bo‘ldi.
Ispaniya nashrlarining xabar berishicha, uchrashuvga “Vanda Metropolitano” stadioni mezbonlik qiladi. “Atletiko”ga qarshi yangi arenada ispaniyalik futbolchilar JCh—2018 chiptasini arang qo‘lga kiritgan Argentina bilan raqobat hosil qiladi.
Argentinalik futbolchilar Rossiya—2018 mundialining guruh bosqichida Xorvatiya, Islandiya hamda Nigeriya bilan raqib bo‘ladi. Ispanlar esa Portugaliya, Marokash hamda Eron bilan kuch sinashadi.
Izoh (0)