1-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida shaxsiy uy yonib ketdi, buning oqibatida bola halok bo‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Nashrning IIV matbuot xizmatiga asoslanib ma’lum qilishicha, yong‘in olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish oqibatida kelib chiqqan. Tomning qurilish konstruksiyalari va 25 kvadrat metrda joylashgan mol-mulk yonib ketdi.
O‘t o‘chirilgach, kuyiklar ichidan uy egasining nabirasi o‘lik holda topildi.
Izoh (0)