Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda Buxoroning 12 darvozasi bo‘lgan, deb yozadi O‘zA. Ulardan biri Talipoch darvozasi 1557—1598-yillarda Abdullaxon II tomonidan qurilgan bo‘lib, Chorbakr, Jondor, Xorazm orqali Buyuk ipak yo‘lining shimoli-g‘arbiy tomoniga olib chiqqan. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov va 2005-yilda me’mor Tuyg‘un Boboyev tomonidan qayta ta’mirlangan.
“Ajdodlarimizdan meros tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda ushbu qadimiy obyekt negadir qorovsizlikdan xaroba holga kelib qolgan, atrofi chiqindi bilan to‘lgan. Moziydan so‘zlovchi ushbu yodgorlik nahotki mutasaddilar e’tiboridan chetda bo‘lsa?” — deyiladi O‘zA xabarida.
Izoh (0)