Suriya hukumat qo‘shinlari Damashq sharqiy qismidagi Xarasta shahrida jangarilar tomonidan qurshab olingan bronetexnika harbiy bazasi hududini yorib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Suriya armiyasi Damashq yaqinidagi transport boshqarmasi qurshovini yorib o‘tdi, piyoda askarlar va tanklar boshqarma hududiga kirdi”, — deydi agentlik suhbatdoshi.
Hukumat qo‘shinlari, shuningdek, bronetexnika harbiy bazasi yaqinida joylashgan un tortish tegirmoni ustidan nazoratni ham qaytardi.
Qurollangan radikal guruhlar otryadlari Xarastadagi bronetexnika harbiy bazasi hududini bir necha marta egallashga urindi.
Izoh (0)