• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘tmishdan ertaklar yoki majburiy obuna kimga kerak?

    Yil yakunlandi va uning eng oxirgi kampaniyasi — obuna mavsumi ham. Muharrirlarning bir ovozdan ta’kidlashicha, bu yilgi obuna juda og‘ir kechdi. Nazarimda, bu tabiiy hol, chunki bugungi kun odami o‘z haq-huquqini yaxshi biladi va o‘zi istamagan narsa zo‘r berib tiqishtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

    Foto: “Diydor aziz”

    Foto: “Diydor aziz”

    Obuna mavsumi boshlanishi bilan muharrirlar, muxbirlar hokimliklarga serqatnov bo‘lib qoladi, hokimlik pochtasiga kelayotgan nomalarning aksariyatini ham nashriga o‘ng ko‘z bilan qarash iltimos qilingan maktublar tashkil etadi. Buni kuzatish og‘ir, chunki o‘zini to‘rtinchi hokimiyat sanagan soha vakillari ijro hokimiyatiga qulluq qilishga o‘tadi.

    Nazarimda, bu qanchalik ajablanarli tuyulmasin, majburiy obuna o‘zbek matbuotining eng katta dushmanlaridan biri bo‘lsa kerak. Fikrimni quyidagi dalillar orqali asoslashga harakat qilaman. Majburiy obuna:

    Majburlashning har qanday ko‘rinishi kabi o‘zini demokratik sanagan jamiyat uchun butkul yot holat. Aytaylik, kimdir hikoya, she’rlarni yoqtiradi, kimdir sport ishqibozi, yana boshqasi san’at muxlisi. Biroq korxona-tashkilot rahbari hokimbuva farmoyishiga ilova qilingan taqsimotni ro‘kach qilib, undan joy olgan “istalgan” nashrga obuna bo‘lish masalasini ko‘ndalang qo‘yadi (ba’zan shuni ham ravo ko‘rmay, o‘rningizga o‘zi belgilab qo‘ya qoladi).

    Taqsimotga qaysi gazeta-jurnallar kiradi? Taomilga ko‘ra, rasmiy, viloyat va tuman hokimliklari hamda tarmoq (ta’lim, tibbiyot va hokazo) nashrlari. Bu holat sizga maoshidan lak, tush, bo‘yoq olmoqchi bo‘lgan, biroq chuchvarani xom sanagan Nigora kelinni eslatmayaptimi?

    Turgan-bitgani korrupsiyaning uyasi. Obunaga qancha pul ushlab qolinyapti, ular qaysi nashrlar uchun o‘tkazib berilyapti, umuman, o‘tkazib berilyapti-yo‘qmi, buni deyarli hech kim nazorat qilmaydi. Agar obunaga deb to‘planayotgan mablag‘ning hammasi gazeta-jurnallarga yetib borganda, tahririyatlarning ostonasi allaqachon tilladan bo‘lib ketardi.

    Qip-qizil ko‘zbo‘yamachilik. Hokimlik taqsimotida korxona-tashkilot qaysi nashrga nechta obuna bo‘lishi aniq-tiniq belgilab qo‘yiladi. Shu bois, nima qilib bo‘lsa ham rejani bajarishga uriniladi va majlisda “katta” hammaning oldida izza qilmasligi uchun son ketidan quviladi. Ya’ni rejaga kiritilgan barcha gazeta-jurnallarga oz-ozdan — 3, nari borsa 6 oydan obuna bo‘linadi. Natijada nashrlarning yil boshida vahima ko‘ringan nusxalari chorak o‘tmay, nari borsa yarim yildan so‘ng pufakdek dami chiqib ketadi.

    Shuncha ur-to‘polon bilan uyushtirilgan majburiy obuna aksar egalariga yetib kelmaydi, xususan, viloyatlarda. Gazetalar yo umuman kelmaydi yoki haftalik, bir oyligi bitta qilib tashlab ketiladi. Achinarlisi, ota-onasidan obunaga deb hol-joniga qo‘ymay pul olgan o‘quvchi va talabalar ham bu yolg‘onga, ya’ni puli to‘langan mahsulot yetkazib berilmasligiga guvoh bo‘ladi.

    Obuna bo‘lingan gazeta-jurnallar o‘z vaqtida va o‘z joyiga yetkazilishi uchun mas’ul bo‘lgan pochta tizimining bugungi holati barchaga ma’lum. Tizim hatto obuna pullarini ham egalariga vaqtida berolmay, tahririyatlarni qiynab yubordi. Shu bois bo‘lsa kerak, ayrim tahririyatlar buning oldini olishga jiddiy kirishdi va allaqachon pochta xizmatidan batamom voz kechdi. O‘zlari obuna uyushtiradi, hisob raqamiga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tushiradi va o‘zi obunachiga yetkazib beradi.

    Matbuotdagi raqobat, rag‘bat va tanqidni o‘ldiradi. Hududlardagi majburiy obuna taqsimotlari deyarli bir xil ko‘rinishda. Joylarda ularga mahalliy nashrlar qo‘shiladi va 20-30, oshib ketsa 40-50 gazeta-jurnalni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zidan, bu ularni O‘zbekistondagi qolgan yuzlab nashr oldida “siylanganlar” sirasiga kiritadi. Bu o‘sha nashrlarda ishlaydigan muharrir va muxbirlar rag‘batini so‘ndiradi, chunki o‘quvchi uchun o‘lib-tirilishning hojati yo‘q, shundoq ham obuna uyushtirilyapti, tirajlar ta’minlanyapti. Qolaversa, biror hudud yoki korxona-tashkilotni tanqid qilishdan oldin ming bir o‘ylab ko‘riladi: ertaga obuna mavsumida ularning qosh-qovog‘iga qarash bor.

    Matbuotni jonlantirishga xizmat qilmaydi. Hozirgi iqtisodiy sharoitda majburiy obuna kerakligi, yo‘qsa aksar gazeta-jurnallar kasod bo‘lishi dastak qilinadi. Menga bu komadagi bemorni sun’iy ravishda jonlantirib turishga o‘xshab tuyuldi. Chindan ham, faqat majburlov evaziga yashab turgan matbuotning kimga keragi bor? Bunga barham berilsa, boshida qiyin bo‘lar, tirajlar pastlab ketar, lekin mushtariy bir kun baribir o‘ziga kerakli nashrni topib o‘qiydi. Shunda ham muxlisi topilmadimi, demak, yo tahririyat jamoasini o‘zgartirish kerak yoki nashrni yopish kerak. O‘quvchini zo‘rma-zo‘raki ushlab turish vaqti o‘tdi.

    Jahon tajribasida, ayrim sobiq sovet respublikalarini hisobga olmasa, deyarli kuzatilmaydigan holat. Dunyoda obuna matbuot do‘konidan arzon bo‘lgani bilan jozibali. Masalan, Britaniyada The Economist nashri do‘konda 3 funt, obuna orqali esa 1 funt turadi, ya’ni 3 barobar arzon. Afsus bilan qayd etish lozimki, bizda ko‘p nashrlar obuna ortidan kun ko‘radi, xorijdagi kabi reklama hisobidan emas. Shu sababli, paradoks, ba’zan obuna narxi sotuvga nisbatan qimmat.

    Qolaversa, xorijda obunachi turli uslublar bilan rag‘batlantiriladi. Masalan, vaucherlar, kuponlar beriladi. Turkiyada kitoblar, xususan, ensiklopediyalar taqdim etilishi odat tusiga kirgan. Shuning uchun ayniqsa katta avlod vakillari obuna bo‘lishni afzal ko‘radi.

    Chet elda elektron obuna ham ommalashgan. Aytaylik, The Guardian nashrining bosma ko‘rinishi haftasiga 12, elektron versiyasi esa oyiga 12 funt turadi. Gazeta-jurnallar saytlarida maqolalarni faqat boshlanishini o‘qishingiz mumkin, davomi sizni qiziqtirsa va do‘konga borishga vaqtingiz bo‘lmasa, elektron ko‘rinishiga obuna bo‘lishingiz kerak. Ayrim nashrlarning bosma tirajidan ko‘ra elektron obunachisi ko‘p.

    Sarlavhaga bejiz mashhur asarga taqlidan “O‘tmishdan ertaklar” degan nom bermadik. Majburiy obuna yaqin orada majburlovning boshqa ko‘rinishlari qatorida o‘tmishda qolib ketishidan umidimiz bor. Chunki bugungi kunda sarlavhaning ikkinchi qismidagi savolni ko‘pchilik beryapti: majburiy obuna kimga kerak?

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    08.01.2018, 10:22   Izoh (0)   38657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Alisher Nikimbayev: “FIFA tarixda ilk bor bir yil ichida ikki xil o‘zbekistonlik hakamlar brigadasini musobaqalarga tayinladi”

    Sport | 25 avgust, 10:25

    “Falastin 36” filmi “Oskar” mukofotiga rasman nomzod bo‘ldi

    Kino | 25 avgust, 10:25

    Lavrov: “Ukraina Putin shartini bajarsagina, mavjud bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi”

    Dunyo | 25 avgust, 10:11

    Ronaldu tarixiy natija qayd etdi

    Sport | 25 avgust, 09:49

    Qancha iste’mol qilinsa ham semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulot

    Go‘zallik | 25 avgust, 09:45

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida 300 ga yaqin asirlar almashildi (foto)

    Dunyo | 25 avgust, 09:35

    O‘zbekistonda nomuvofiq mahsulotlar haqida xabar berganlarni moddiy rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    O‘zbekiston | 25 avgust, 09:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.