MRB direktori Mayk Pompeo Rossiyani 2018-yilgi AQSh Kongressi saylovlariga aralashishga urinishda aybladi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U Moskva o‘n yilliklar davomida bu kabi harakatlar bilan shug‘ullanayotganligini ma’lum qildi. “Nafaqat ruslar, balki boshqa kuchlarning urinishlaridan ham tashvishdaman. G‘arb demokratiyasiga zarar yetkazishni istovchi dushmanlarimiz ko‘p”, — deya aniqlik kiritdi u.
Pompeo uning boshqarmasi vazifasi saylovlar xavfsizligi va demokratikligini ta’minlashdan iborat ekanligini qo‘shimcha qildi.
AQSh Kongressi saylovlari 2018-yilning noyabrida bo‘lib o‘tadi. U bilan bir paytda fuqarolar shtatlarning bir qator gubernatorlarini saylaydi.
Izoh (0)