2018-yili Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi: 75-qavatli binoning balandligi 356 metrni tashkil etadi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
The Gevora bo‘yi hozirda dunyodagi eng baland mehmonxona bo‘lgan (u ham Dubayda joylashgan) JW Marriott Marquis Dubai’ga nisbatan bir metr oshiq bo‘ladi.
Yangi mehmonxonadan 528 nomer va 4 ta restoran o‘rin oladi. Lyuks toifasidagi eng kichik nomerlar maydoni 46, eng kattalari esa 85 kvadrat metrni tashkil etadi.
Izoh (0)