CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida Acer kompaniyasi qalinligi 8,98 millimetrga teng Swift 7 ixcham noutbukini taqdim etdi, deb yozadi “Layfxaker”. Bu o‘rtacha smartfon qalinligiga teng demakdir.
Korpus alyuminiydan ishlangan, ekrani esa sensorli bo‘lib, 14 dyuymli va 1920×1080 piksellidir. Uni Corning Gorilla Glass NBT shishasi himoya qiladi, xuddi shunday qoplama tachpadda ham bor. Yorug‘lik yetarli bo‘lmagan holatlarda klaviatura tugmalari yoritiladi. Klaviaturadan chapda barmoq izi skaneri joylashgan.
Qurilma mahsuldorligi uchun yettinchi avlod Core i7 protsessori javob beradi. 8 Gb tezkor va 256 Gb ichki xotira o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi ma’lum qilinmadi, ammo u 10 soatgacha avtonom ishlash uchun yetarli bo‘lishi aytilmoqda.
AQShda Acer Swift 7 ni martda 1699 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi. Yevropada esa u aprelda 1699 yevrodan sotuvga chiqadi.
Izoh (0)