Internetda IShID terrorchi guruhi jangarisining so‘roq qilinishi aks etgan video paydo bo‘ldi. Rolik Telegram’dagi WarJournal kanalida e’lon qilindi.
So‘roq chog‘ida o‘zini Vladimir Oleynikov deb tanishtirgan erkak asli Dog‘istondan ekanligini, uch yilcha muqaddam terrorchilar safiga qo‘shilganini aytadi. U jangarilar orasida tibbiyot xodimi sifatida ishlaganini ta’kidlaydi.
Oleynikov Turkiyaga ketishga uringanida qo‘lga olingan edi. U so‘roq chog‘ida uyga qaytsa hibsga olinishini aytadi.
Izoh (0)