5-yanvar kuni favqulodda xizmatlar xodimlari poytaxtda liftda qolib ketgan fuqarolarni qutqardi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarnomada aytilishicha, 5-yanvar kuni soat 05:06 da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga Sergeli tumani uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi raisi L.N. Yugay qo‘ng‘iroq qilib, texnik nosozliklar tufayli Sergeli-5 dahasidagi ko‘p qavatli uyning lifti to‘xtab qolgani, lift ichida esa besh nafar kishi qolib ketganligi va yordamga muhtojligini ma’lum qiladi.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, 3 va 4-qavatlar orasida to‘xtab qolgan lift ichidan fuqarolarni chiqarib oldi.
Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordami natijasida hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)