Qishki tanaffusni Qatarda o‘tkazayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi mahalliy “Al-Ahli”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Mazkur bellashuvga o‘zbekistonlik Alisher Nikimbayev komissarlik qildi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Nikimbayev yangi yil arafasida Qatar futbol assotsiatsiyasi bilan 1 yillik kelishuvga erishgan bo‘lib, 2018-yil davomida unda faoliyat olib borishi aytilgandi.
Nikimbayev bunga qadar Osiyo futbol konfederatsiyasida, keyinroq esa BAA futbol assotsiatsiyasida ishlagan. O‘z vaqtida O‘zbekiston futbol federatsiyasida faoliyat yuritgan.
U komissarlik qilgan o‘yinda “Bavariya” raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 6:0 hisobida zafar quchdi. Qishki transfer oynasida uning safiga qo‘shilgan hujumchi Sandro Vagner esa o‘zining debyut o‘yinidayoq gol urishga erishdi.
O‘rtoqlik o‘yini Doha, Qatar 6-yanvar, shanba
Izoh (0)