Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod xalqni ko‘chalarga chorlagani uchun hibsga olindi. Bu haqda, The Times of Israel gazetasiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, 28-dekabr kuni Busher shahriga tashrifi chog‘ida Ahmadinajod ayrim davlat rahbarlari xalq muammolaridan bexabarligini tanqid ostiga olgan. Bundan tashqari, u Hasan Ruhoniy hukumatini mamlakatni yaxshi boshqara olmaslikda ayblagan.
Uning bu so‘zlari hukumat tomonidan provokatsiya sifatida baholanib, sobiq prezident hibsga olindi. Ta’kidlanishicha, uning bu chiqishi, qisman bo‘lsa-da, xalq namoyishlariga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)