K-1 yo‘nalishida yuzdan ortiq jang o‘tkazib, Glory ligasiga qadar yetib borgan Anvar Boynazarov poytaxt Toshkentda bo‘lib turibdi. Bu haqda kikboksing federatsiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Muaytay yo‘nalishida ikki marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Boynazarov bilan 9-yanvar kuni matbuot anjumani o‘tkaziladi. 15:00 da boshlanadigan anjumanga “Olimpiya shon-shuhrati muzeyi” mezbonlik qiladi.
Anvar Boynazarovdan tashqari anjumanga yana bir mashhur jangchi Sher Mamazulunov ham tashrif buyuradi. Mazkur sportchi TNA yunalishi bo‘yicha TATNEFT Kubogi g‘olibi bo‘lgan. Keyinroq kikboksingning WAKO yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)