AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida Maykl Volfning “Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida” kitobini yana bir bor tanqid qildi. Xususan, u strategiya masalalari bo‘yicha o‘zining sobiq maslahatchisi Stiv Bennonni itga qiyosladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
OAVlarning ma’lum qilishicha, kitobdan Bennon Trampning “ruslar” bilan 2016-yil iyunidagi uchrashuvini “sotqinlik” deya atagan so‘zlari o‘rin olgan.
“Maykl Volf — ushbu zerikarli va yolg‘on ma’lumotlar yozilgan kitobini sotish ilinjida o‘zicha tarix yaratgan omadsiz. U bu borada dangasa, ishdan haydamasliklarini o‘tinib so‘ragan Stiv Bennondan foydalandi. Endilikda hamma Stivni itdek ko‘chaga uloqtirdi. Juda achinarli!”, — deb yozadi Tramp.
Izoh (0)