Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir viloyatida qo‘lbola portlovchi uskuna portladi. “RBK”ning xabariga ko‘ra, portlash oqibatida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
Portlash Sopor shahrida yuz bergan. Terrorchilar portlovchi uskunani savdo ko‘chasidagi do‘kon oldida qoldirgan va politsiya patruli o‘tayotgan vaqtda uni portlatgan.
Jammu va Kashmir shtati Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. Pokiston Kashmirning ma’lum bir qismini nazorat qiladi va uni Hindiston tomonidan bosib olingan hudud deb hisoblaydi.
Shtat hududida diniy-ayirmachilik guruh faol, ular Hindiston tarkibidan ajralib chiqish tarafdori. 2016-yil sentabrida jangarilar hujumi oqibatida shtatda to‘qqiz nafar hind harbiysi halok bo‘lgan edi. Keyinroq bu yerda Hindiston va Pokiston harbiylari o‘rtasida otishma yuz berib, oqibatda ikki pokistonlik askar qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)