Navoiy viloyatidagi qator YPX maskanlari faoliyati tugatilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHX boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-37 “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” avtomagistralining 199-kilometrida joylashgan “Anor” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani Buxoro viloyati chegarasida joylashgan “Sarmijon” muntazam YPX maskanini takrorlagani uchun bartaraf etilmoqda.
Shuningdek, A-379 “Navoiy – Zarafshon – Uchquduq” xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lining Navbahor tumani hududidan utuvchi 3-kilometrida joylashgan “Navbahor” YPX maskani ham tugatilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, A-379 “Navoiy – Zarafshon – Uchquduq” xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lining Uchquduq tumani hududidan utuvchi 287-kilometrida joylashgan “Uchquduq” YPX maskanining faoliyati tugatilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)