Janubiy Afrika Respublikasida ro‘y bergan temir yo‘l halokatida 12 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shosholoza Meyl Train temir yo‘l kompaniyasiga ko‘ra, 180 yo‘lovchi jarohat olgan.
Poyezdning yengil avtomobil va yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi Xennenman va Krunstad aholi yashash punktlari orasida ro‘y berdi. Buning oqibatida poyezd relslardan chiqib ketdi va olov oldi.
Izoh (0)