Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1991-yilda tug‘ilgan Aziz Azizov daydilikda gumonlanib, reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Bu haqda IBBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
IIV axborot markazi bazasi orqali tekshirilgan vaqtda unga nisbatan 2017-yil 27-dekabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.
A. Azizov JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)